
Messi "Barselona"ning eng foydali o‘yinchisi deb topildi
Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Lionel Messi jamoaning 2016/17 yilgi mavsumdagi eng foydali futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, bu mavsum yakunlangach mahalliy jurnalistlar tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. 29 yoshli Argentina terma jamoasi sardori ushbu sovringa faoliyati davomida 5-marta sazovor bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Messi bundan avval 2009/10, 2010/11, 20012/13 va 2014/15 yillarda ham jamoada tengsiz deb topilgan edi.
Fikrlar