Messining qachon safga qaytishi ma’lum qilindi

  • 21.10.2018 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi kecha “Sevilya”ga qarshi bahsda jarohat olgan etakchisi Lionel Messining qachon safga qaytishi mumkinligi borasida xabar tarqatdi.

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ldiki 31 yoshli argentinalik futbolchining o‘ng qo‘l suyaklari singan. Shifokorlar esa uning sog‘ayishi uchun kamida 3 hafta muddat talab etilishini aytishgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi kecha “Sevilya” futbolchisi Franko Vaskes bilan havodagi to‘qnashuvdan so‘ng maydonga noqulay tarzda yiqilgan va jarohat olgan edi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum “Barselona” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!