“Metallurg” – “Lokomotiv”: Prevyu
Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionati oliy ligasi doirasida bugunga qadar o‘zaro 28 bor maydonga chiqishgan bo‘lishsa, mazkur uchrashuvlardan 4 tasida “Metallurg” g‘alaba qozongan. 8 ta uchrashuvda tomonlar ochkolarni bo‘lib olishgan. 16 ta o‘yinda esa omad temiryo‘lchilar tomonida bo‘lgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 24:52, toshkentliklar foydasiga.
Bu yilgi mavsumda jamoalar uchinchi marta to‘qnash kelishyapti. Birinchi bosqichning Toshkentda kechgan o‘yinida 1:1 hisobida durang natija qayd etilgandi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Diyorjon Turopov kiritgan golga 76-daqiqada zahiradan tushirilgan Pavel Purishkin aniq zarbasi bilan javob qaytargandi. Ikkinchi davrada “Metallurg” maydonida o‘tgan o‘yinda esa bekobodliklar 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Uchrashuvning ikkinchi taymida Zohid Abdullaev va Muhammad Isaevlar kiritgan gollar ma’danchilarga muhim uch ochkoni taqdim etgandi.
Quyida mazkur jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan so‘nggi etti uchrashuvi natijalari bilan tanishing:
26.05.2018 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 2:0
18.08.2017 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 1:2
25.06.2016 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 3:3
12.03.2015 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:0
29.03.2014 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:4
05.05.2012 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 0:1
05.08.2010 “Metallurg” – “Lokomotiv” – 1:0

Fikrlar