
Meyvezer yana qaytmoqda yoxud bokschi bundan nimani ko‘zlamoqda?
41 yoshli amerikalik kichik Floyd Meyvezer boks tarixida eng ko‘p daromad qilish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi, ammo u hali to‘xtamoqchi emas. So‘nggi yillarda u bitta jangi uchun 100 million dollardan kam ishlayotgani yo‘q. O‘tgan yili u “asr jangida” MMA jangchisi Konor Makgregor bilan kuch sinashdi va u bu bilan cheklanib qolmoqchi emas.
Uzunquloq gaplarga ko‘ra, Meyvezer va Makgregor revansh jang tashkil qilishmoqchi, ammo Konor yakunda UFCga qaytib, 8 oktyabr kuni oktagonda rossiyalik Xabib Nurmagomedov bilan kuch sinashadi. Ko‘rinib turibdiki, bu yili Makgregorning boks qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishi haqiqatdan ancha yiroq. Meyvezer esa vaqtni qo‘ldan bermoqchi emas.
Shunday bo‘lsada, Floydning soliq organlari va kreditorlar bilan rekord gonorarlari muammolari oxirigacha hal etilmagan. Bundan tashqari vaqt ham Meyvezerning yosharishiga xizmat qilmayapti, shuning uchun u tezroq urushib qolishi kerak.
Bu vaziyatda amerikalik bokschining menejerlari faqatgina chiroyli afishalarga emas, balki millionlab sog‘ingan muxlislaridan foydalanishni o‘ylashgan. Shunday ekan, biz dekabr oyi boshida yarim o‘rta vazn toifasining eng nomdor bokschilari – Floyd Meyvezer va 39 yoshli filippinlik Menni Pakyao o‘rtasidagi qarama-qarshilikka guvoh bo‘lamiz. Jang ushbu hafta rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
9 xonali (raqamli) chek
Meyvezer 2015 yil 2 may kuni aynan Pakyaoga qarshi boks tarixidagi eng serdaromad jangni o‘tkazgan edi. Bu jangdagi umumiy daromad 500 million dollardan oshib ketgan, shundan yarmi Meyvezerga tekkan bo‘lsa, Menni 140 million dollar atrofida ishlab olgan. Bu ko‘rsatgichlar hozir yangilanmasligi aniq. Ikkala bokschining faoliyatidagi bu “revansh” allaqachon buning ichiga kirib ketgan. Bundan tashqari 2015 yildagi ularning birinchi to‘qnashuvi 12 raund davom etib, juda zo‘r tomoshabopligi bilan ajralib turmadi va yakunda hakamlar Meyvezerga g‘alabani taqdim qildi, ammo yangi uchrashuv har qanday holatda o‘ziga katta e’tibor tortadi va garchi oldingidagiday bo‘lmasada, yaxshigina mablag‘ ishlab olish uchun bir variant.
– Men bu yili Pakyao bilan jang qilish uchun qaytyapman. Yana bitta 9 xonali (raqamli) mablag‘, – deb yozadi Floyd o‘zining Instagram sahifasida.
– 50:1, – deya zarba berdi filippinlik bokschi. U bu bilan mashhur raqibining professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatiga ishora qilmoqda. Menni shuningdek, #NoExcuses xeshtegidan ham foydalangan (“hech qanday tuzatish yo‘q”).
– Hozircha gap biz dekabrda ko‘radigan revansh jang haqida ketmoqda. Joy va sanaga aniqlik kiritilmoqda. Bu jang har qanday havaskor bokschiga qiziq, chunki uni o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilingan, – deya Pakyaoning promouteri Bob Arum so‘zlarini keltiradi TASS nashri.
Aytganday, bo‘lajak to‘qnashuv Amerikada bo‘lib, translyatsiyasi PPVda sotilishi borasida hech kimda hech qanday shubha bo‘lmasa kerak.
O‘xshash jihatlar
Pakyao 2016 yildan beri AQShda jang qilmayotir va hattoki, janglarning birini Rossiyada o‘tkazish borasida muzokaralar ham qilib ko‘rdi. So‘nggi vaqtlarda uning e’tiborining katta qismini Filippindagi siyosiy faoliyati band qilmoqda.
Iyulda Lukas Matisse ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng u yana uchta jang o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan va shundan so‘nggina professional ringdagi chiqishiga yakun yasashini ta’kidlagan edi. Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni anchadan beri o‘zining eng yaxshi sport formasini namoyish qila olmayapti. So‘nggi 10 jangdan 4 tasida mag‘lubiyatga uchrashi bundan dalolat beradi.
Meyvezer 2015 yilda faoliyatini yakunlagan, ammo ikki yil o‘tib, MMA jangchisi Konor Makgregor bilan boks qoidalari bo‘yicha urushish uchun ringga qaytdi. Ko‘pchilik bu jang sport nuqtai nazardan emas, balki pul ishlab olish qilingan to‘qnashuv bo‘lganini taxmin qilishadi, xuddi tsirkdagi kabi. Floyd so‘zsiz favorit edi va 10-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Pakyao esa raqib sifatida Makgregorga qaragandan jiddiyroq hisoblanadi. Ayniqsa, yoshi o‘tib borayotgan va so‘nggi uch yilda deyarli katta ringlarga chiqmayotgan sportchi uchun. Ammo Floydning Mennini yutish imkoniyatlari ko‘p deb bo‘lmaydi.
Hozirda Meyvezer va Pakyao revansh borasida o‘zaro kelishib olishganligi haqida OAVda ancha shov-shuvga sabab bo‘lmoqda. UKnga ko‘ra, bokschilar Yaponiyadagi musiqa festivalda uchrashishmoqchi. Biroq ularning agentlari superjang shartlari borasida hali muzokaralar qilish kerakligini aytishmoqda. Shu bilan parallel raqishda Pakyao Amir Xan, Terens Krouford va Edrien Broner bilan ham muzokaralar olib bormoqda. Bu bilan filippinlik bokschi o‘ziga qulay shartlarni qidirayotganligi fakt ekanligi aytilmoqda.
Fikrlar