
Modrich: “Real” ko‘p mehnat qildi va haqli ravishda chempionlikka erishdi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich kecha bo‘lib o‘tgan “Malaga”ga (0:2) qarshi chempionlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ajoyib his. “Real” buni uzoq kutdi va nihoyat bunga erishdi. Biz juda ko‘p ter to‘kdik va haqli ravishda chempionlikka erishdik.
Hozir, jamoadagi barcha hursand. Ushbu sovrinni muxlislarimiz bilan birga baham ko‘rishni istaymiz. Bu aqlbovar qilmas mavsum bo‘ldi”, - deydi xorvatiyalik futbolchi Goal nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Real” kecha o‘z tarixida 33-marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
"Barselona" "Real"ni chempionlik bilan tabrikladi>>>
Isko: Muxlislarimiz havotir olmasliklari mumkin, men “Real”da qolaman>>>
Fikrlar