
Modrich barchasini inkor etdi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich o‘zining "Inter" bilan aloqaga chiqqani haqidagi xabarlarni mutlaqo inkor etdi.
“Bu - tarixdagi eng katta yolg‘on”, - deb yozadi 32 yoshli xorvatiyalik futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq La Gazzetta dello Sport nashri Modrichning “neradzurrilar” bilan aloqaga chiqqani haqidagi xabarni e’lon qilgan edi.
Fikrlar