
Modrich mavsumni "Inter"da yakunlashi mumkin
Madridning "Real" klubi qishki transferlar davrida o‘zining etakchi futbolchilaridan birini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra davralar oralig‘ida “Santyago Bernabeu”ni xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich tark etishi mumkin. 33 yoshli futbolchi hamon “Inter”dan bo‘layotgan taklifni qabul qilishga tayyor. U mavsumni “neradzurrilar” safida yakunlashga ham qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum “Real” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” Modrichni yozdayoq sotib olishga urunib ko‘rgan edi.
Fikrlar