
"Monako" Golovinning jarohati borasida rasmiy bayonot berdi
"Monako" klubi rossiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning jarohati borasida rasmiy bayonot berdi.
“Hozir biz uning qachon maydonga qaytishini aniq bilmaymiz. Joriy hafta ichida biz uning sog‘ligi borasida xabar beramiz”, - deb yoziladi monakoliklarning rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar davrida 30 million evro evaziga TsSKAdan ko‘chib o‘tgan Golovin haligacha “Monako”da debyut qilgani yo‘q.
Fikrlar