"Monako" Mbappening maoshini 900 foizga oshirmoqchi

  • 26 iyun, 2017, 09:45
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiyaning “Monako” klubi rahbariyati  hujumchi Kilian Mbappeni jamoada saqlab qolish uchun uning maoshini keskin ravishda oshirishga tayyor. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha, monakoliklar 18 yoshli futbolchiga “Real”, PSJ va yana shunga o‘xshash boshqa jamoalarga o‘tib ketmasligi uchun uning maoshini 900% oshirishni taklif qilgan. Taqqoslash uchun, Mbappe hozir oyiga 80 ming evro maosh oladi, ugar u “Monako”da qoladigan bo‘lsa, uning maoshi 700 ming evroni tashkil etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Mbappe “Real”da o‘ynashga qaror qilgani va ushbu transfer 130 mln evroni tashkil etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Mbappe o‘tgan mavsum “Monako” safida jami 44ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 26ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!