Mourino "MYu"dan qachon ketishini aytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Madridning “Real” jamoasiga qaytishi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berib o‘tdi.

“Mening “MYu” bilan yana ikki yillik shartnomam bor. Shunday ekan, men faqat klub ketishimni hoxlaganda ketaman. Menga bu erda ishlash yoqyapti”, - deydi Mourino Football Espana nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir qator ispan nashrlari agarda Zinedin Zidan “Real”ni tark etadigan bo‘lsa, u holda “qirollik klubi” rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni ortga qaytarishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Mourino 2010-2013 yillarda “Real”ni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!