Mourino "MYu"ga yangi sardor tayyorlayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi tez orada jamoa sardorligi vazifasini jahonning eng qimmat o‘yinchisi Pol Pogbaga topshiradigan ko‘rinadi. Portugaliyalik mutaxassis frantsiyalik futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay hamma narsani uddalashiga ishonmoqda.
- Pogbada "Manchester Yunayted" sardori bo‘lish uchun talab qilingan barcha xususiyat mujassam, - dedi Joze Mourino. - Yaqin orada u sardor bo‘lishiga ishonman.
Pol Pogba joriy mavsumda " Manchester Yunayted" tarkibida 19 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!