Mourino faqat bir shart bilan Pogbani "Barsa"ga qo‘yib yuborishga tayyor

  • 02.08.2018 11:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoaning frantsiyalik yarim himoyachisi Pol Pogbani "Barselona"ga qo‘yib yuborishga tayyor.

Biroq, ispan nashrlarining yozishicha portugaliyalik mutaxassis Pogba evaziga kataloniyaliklardan boshqa bir yarim himoyachi – Ivan Rakitichni “Old Trafford”ga qo‘yib yuborishni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” sport direktori Erik Abidal AQShda Pogba bilan yashirincha uchrashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq esa ushbu xabar yolg‘on ekanligi ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!