
Muhammadqodir Toshtemirov 300 kg natija ko‘rsatdi
Turkmaniston poytaxtida og‘ir atletika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bellashuvlari boshlandi. Tokio Olimpiadasiga litsenziya ochkolari o‘ynalayotgan musobaqada sayyoramizning eng kuchli atletlari o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda.
Biroz avval musobaqada terma jamaomiz nomidan chiqqan birinchi vakilimiz Muhammadqodir Toshtemirov o‘z chiqishini yakunlandi. Ta’kidlash joiz, tarkibda eng yosh sportchi hisoblangan polvonimiz -73 kg vazn toifasining "S" guruhida qatnashib, dast ko‘tarishda 138 kg, siltab ko‘tarishda 162 kg natija qayd etdi. Ikkikurash bo‘yicha natija esa 300 kg.ga etdi.
Ushbu sportchimiz o‘tgan oy Argentinada o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasida ikkikurash bo‘yicha 308 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, bugun yana ikki nafar sportchimiz kechki dasturda medallar uchun supaga chiqishadi.
Fikrlar