Mujtaba Husayniy: O‘zbek klublariga qarshi tajribamiz ertaga yordam beradi deb o‘ylaymiz

  • 12 mart, 2017, 12:20
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

   

Xabaringiz bor, ertaga OChL-2017 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Unda Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida “Zob Ahan” bilan kuch sinashadi.

Bugun mazkur bellashuv oldidan har ikki klub bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab mehmonlar ustozi Mujtaba Husayniy va futbolchi Muhammad Nujad Mehmed jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Dastlabki 2 ta o‘yindagi natija har ikki jamoa uchun uchrashuvning qanchalik muhimligini bildirib turibdi. Shuning uchun ertaga ikkala jamoa ham natija uchun maydonga tushadi. 

Muhammad Nujad Mehmed: Ertaga 2 ta jamoa ham g‘alaba uchun kurashadi. Shuning uchun ertaga yaxshi o‘yin bo‘lishi aniq. 

"Bunyodkor"ni qanchalik o‘rgandingiz va jamoaning qaysi chizig‘i kuchli?

- Biz albatta "Bunyodkor"ni o‘rganib chiqdik. Ularning aynan qaysidir chizig‘ini ajratib ko‘rsata olmayman. Ularda jamoaviy o‘yin yaxshi shakllangan. Lekin 10-11-17-raqamli futbolchilari boshqalardan ajralib tura oladi. 

"Zob Ahan" safarda yaxshiroq harakat qiladi degan fikrlarga qanday qaraysiz? 

- Bizga albatta, uyda o‘ynash oson. Lekin so‘nggi bahslarda uydan uzoqda o‘ynashga majbur bo‘lyapmiz. Ammo o‘z maydonimizda  

Ertangi o‘yinda jamoada yo‘qotishlar bormi? 

- Biz oldingi 2 ta o‘yinda 1 ochko oldik. Bundan asabiylashmayapmiz. Qolgan uchrashuvlarda buni o‘nglashga harakat qilamiz. Tarkibimizda bitta futbolchi yo‘qotish bor xolos. 

"Zob Ahan" o‘zbek klublariga qarshi yaxshi natijalari bor. Shuning uchun ertangi bahs oldidan sizlarda qandaydir hotirjamlik bormi?

- Albatta, biz o‘zbek klublariga qarshi ko‘p o‘ynaganmiz. Lekin ular ortda qoldi. Har bir bahs tarixda qoladi. Lekin ularga qarshi oldingi o‘yiinlarda to‘plagan tajribamiz yordam beradi deb umid qilamiz.   

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” – “Zob Ahan” uchrashuvi ertaga 18:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!