Mxitaryan va Kerrik Liga kubogi finalini o‘tkazib yuboradi
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachilari Maykl Kerrik va Genrix Mxitaryan Angliya liga kubogi finalini o‘tkazib yuborishlari mumkin. Mazkur bahsda “qizil iblislar” “Sautgempton” bilan kuch sinashadi.
The Mirror nashrining yozishicha, bu haqda jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino “Sent-Eten”ga qarshi Evropa Ligasi 1/16 final javob bahsidagi g‘alabadan so‘ng ma’lum qildi.

– Mxitaryan “Sautgempton”ga qarshi o‘yinga qadar maydonga qaytadi deb o‘ylamayman, – deydi Mourino. – Bu o‘yinda u ham, Kerrik ham maydonga tushmaydi. Ammo bu mening shaxsiy fikrim.
Eslatib o‘tamiz, Liga kubogi finali 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar