NAVRO‘ZING MUBORAK, EY KO‘HNA ELIM! (FOTO)
...Farzandlarimiz kamoloti xalqaro musobaqalarda yaqqol namoyon bo‘layotir. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz 4 oltin, 2 kumush, 7 bronza medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo‘lmasligini yana bir bor isbotladi.
Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz erishgan yuksak g‘alabalar xalqimizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishladi. O‘zbekiston sportchilari mazkur nufuzli musobaqada 8 oltin, 6 kumush va 17 bronza medalni qo‘lga kiritib, Vatanimiz obro‘-e’tiborining yanada yuksalishiga munosib hissa qo‘shdi.
– Inson va uning mehnati qadr topgan yurtda yashash eng ulug‘ baxt, xalqaro maydonlarda Vatanni sharaflash, uning obro‘si yuksalishiga hissa qo‘shish eng oliy saodatdir, – deydi XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori Bektemir Meliqo‘ziev. – Kamtarona mehnatimizni yuksak baholagan davlatimizdan cheksiz minnatdormiz. Bu katta ishonch yanada yuksak marralar sari rag‘batlantiradi va chorlaydi.
...Jarchi ovozi, karnay-surnay, nog‘oralar sadosi poytaxtimizdagi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog‘ida Navro‘z sayli boshlanganidan darak beradi.
Manba:uza.uz
P.S. Sports.uz jamoasi ham barcha yurtdoshlarimizni Navro‘zi olam bilan muborakbod etadi.











Fikrlar