Nainggolan mavsum startini o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 09.08.2018 19:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Yozgi transferlar davrida “Roma”dan “Inter”ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Raja Nainggolan mavsum startini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra 30 yoshli belgiyalik futbolchi mushaklaridan jarohat olgan va uning qachon safga qaytishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, "Inter" yangi mavsumning ilk uchrashuvini 19 avgust kuni "Sassuolo"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!