Naldo Frantsiya chempionatining so‘nggi 30 yildagi antirekordini o‘rnatdi
Monako klubi himoyachisi Naldo kecha Frantsiya chempionatining "Dijon"ga (0:2) qarshi bahsining 60-daqiqasida hakam tomonidan qizil qartochka ko‘rsatilib maydondan chetlatildi.
Qizig‘i, 36 yoshli braziliyalik futbolchi monakoliklar safiga yaqindagina “Volfsburg”dan kelib qo‘shilgan va ushbu bahs uning uchun jamoadagi 3-o‘yin bo‘lgan edi. Ammo, Naldo uchinchi o‘yinida 2-marta maydondan chetlatildi. E’tiborlisi, Frantsiya chempionatida so‘nggi 30 yilda birorta futbolchi bu qadar 2ta tez qizil kartochka olmagan edi.

Fikrlar