"Napoli" Ikardini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi

  • 27.02.2019 11:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" klubi "Inter" bilan kelisha olmayotgan Mauro Ikardini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi.

Italiyalik jurnalist Tankredi Palmerining xabar berishicha neapolliklar 26 yoshli argentinalik futbolchining moliyaviy talabini qanoatlantirishga tayyor. Aniqrog‘i, ular Ikardiga yiliga 9 mln evro maosh va unga qo‘shimcha yana 2 mln evro bonus berishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, “neradzurrilar” Ikardiga yiliga 6,5 mln evro maosh taklif qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!