"Napoli" sobiq prezidenti: Messi Maradonadan kuchli
Italiyaning “Napoli” klubi sobiq prezidenti Korrado Ferlaino argentinalik ikkita futbol afsonalarini o‘zaro taqqosladi.
“Messini Ronaldu bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Boisi, portugaliyalik futbolchi maydonda umuman boshqa vazifani bajaradi.
Lionel Argentina terma jamoasida ajoyib o‘yinlarni namoyish qiladi, biroq u terma jamoa bilan biron yutuqqa erisha olmayapti.
Masalan, Maradona terma jamoa safida eng asosiy ijrochi bo‘lmagan. Ammo, u Argentina bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Shunday ekan...”, - deydi Ferlaino AS nashriga bergan intervyusida.


Fikrlar