
"Nasaf"ning ikki etakchisi yangi mavsumni "Navbahor"da boshlaydi
O‘tgan mavsum Superligada bronza medallarini qo‘lga kiritgan “Navbahor” yangi mavsumda ham yuqori maqsadlarni ko‘zlamoqda.
Bizga etib kelgan xabarga ko‘ra “lochinlar” asli namanganlik bo‘lgan va ayni damda Qarshining “Nasaf” klubida to‘p surayotgan ikki nafar iqtidor egasi – Islom Rashidxonov hamda Odil Hamrobekovlarni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Bu boradagi muzokaralar yakuniy bosqichga etgan.
Rashidxonov ham, Hamrobekov ham “Navbahor”ning Antaliyadagi yig‘inida ishtirok etishi kutilmoqda.
Fikrlar