"Nasonal" - "Tondela" 3:2 (video)

  • 2 mart, 2019, 23:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Hamyurtimiz Sardor Rashidov faoliyat olib boradigan "Nasonal" klubi bu tur o‘z maydonida "Tondela"ni qabul qildi. Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozonishdi - 3:2.

Rashidov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 77-daqiqada zaxiraga olindi. Shu tariqa "Nasonal" hisobidagi ochkolar soni 26 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Jamoa o‘zining kelgusi o‘yinini 10 mart kuni safarda "Portimonensi" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!