Nenad Zimonich: Ishonamanki, yuqori saviyadagi uchrashuvlarni tomosha qilamiz

  • 30 yanvar, 2019, 17:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston hamda Serbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan har ikki terma jamoa sardorlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Biroz oldin Farrux Do‘stov ishtirokidagi matbuot anjumaniga oid tafsilotlar haqida xabar bergandik. Tadbirning ikkinchi qismida mehmonlar sardori Nenad Zimonich OAV xodimlari savollariga javob qaytardi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Serbiya Jokovichsiz ham g‘alaba qozonishga ishonmoqdami?

So‘nggi paytlarda asosan Novaksiz o‘yin o‘tkazyapmiz. Fursatdan foydalanib, uni Avstraliya Ochiq chempionatida g‘olib chiqqani bilan tabriklayman.

10 yil oldingi uchrashuv

O‘sha o‘yinni eslayman. Istomin va Do‘stov juftlik bahslarida kortga chiqqandi. O‘zbekiston terma jamoasi safida Denis Istominni alohida qayd etib o‘tgan bo‘lardim. U ajoyib tennischi.

Tashkilotchilik

Toshkentdagi sharoitlar ajoyib. Bu erga oldin ham tashrif buyurganman. O‘zbekistonning mehmondo‘stligi menga zavq bag‘ishlaydi.

Uchrashuv oldidan taxmin

Bu sport. Shuni aniqki, uchrashuvlar keskin va murosasiz bo‘ladi. O‘zbekiston terma jamoasi tennischilari ayni paytda yaxshi formada. Barchasi o‘yin kuni kortda hal bo‘ladi. Ishonamanki, yuqori saviyadagi uchrashuvlarni tomosha qilamiz. Yangi format haqidagi fikrim ijobiy. O‘yinlarning qisqargani tennischilar uchun yaxshi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga qur’a tashlash marosimi tashkil etiladi. Uchrashuvlar 1-2 fevral kunlari «Sahovat sport servis» («O‘zbekiston») sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!