Neymar Ispaniyada qamalmaslik uchun qishda "Manchester Yunayted"ga o‘tadi

CHERY AUTO
Braziliyalik futbolchi Neymar Ispaniyadagi qonunchilik tufayli "Barselona"dan ketib qolishi mumkin. "Manchester Yunayted" rahbariyati "Barselona"da transfer bo‘yicha muammoalar girdobiga ilinib qolgan Neymarni qishki transferlar vaqtida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
 
Agar Angliya klubi rahbarlari Neymarni qo‘lga kiritishni istasa 180 million funtdan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Chunki braziliyalik superhujumchi yaqinda jamoasi bilan shartnomani yangiladi va uning transfer narxi keskin oshdi. Biroq, "Manchester Yunayted" yozda "Yuventus"dan Pol Pogbani 110 million evroga xarid qilib, agar istasa har qanday futbolchini qo‘lga kiritishi mumkinligini isbotlab qo‘ydi.
 
Ayni paytda Ispaniyada Neymarni futboldan chetlatishga va besh yilga qamatishga harakat qilishmoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!