Neymarni nega "tepkilashyapti"?

  • 4 fevral, 2017, 21:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletik" jamoasi yarim himoyachisi Oskar de Markos Braziliya terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Neymarga raqiblarning unga nisbatan shiddatli va qo‘pol o‘yiniga ko‘nikishi zarurligini maslahat berdi.

Tecno
 

- Neymar zo‘r o‘yinchi, - dedi Oskar de Markos. - Lekin Neymar unga nisbatan qo‘pol o‘ynashayotganiga ko‘nikishi kerak. Buni o‘zi ham yaxshi biladi. U bilan birga bir kurashish qiyin. Shuning uchun raqib uning xatoga yo‘l qo‘yishi uchun qo‘pol o‘ynaydi.

Ko‘p mutaxassislar Neymar raqibini aldab o‘tishda ularning ustidan kuladigan xatti-harakatlarni amalga oshirishini aytishadi. Ayrimlar esa buni braziliyalik futbolchining o‘yin uslubi va mahorati, deb biladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!