
OChL-2017: Bugun "Lokomotiv" va "Bunyodkor" maydonga tushadi
Bugun qit’amizda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Unda ishtirok etayotgan Toshkentning ikki jamoasi “Bunyodkor” va “Lokomotiv” klublari navbatdagi bahslarda maydonga tushadi.
“A” guruhida 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda borayotgan “temiryo‘lchilar” o‘z maydonida guruh etakchisi Eronning “Istiqlol” (6 ochko) jamoasini qabul qilsa, guruhning ikkinchi bahsida Saudiya Arabistonining “Al Taavon” jamoasi (4) BAAning “Al Ahli” (4 ochko) klubini qabul qiladi.
Shuningdek, “V” guruhida o‘tkazilgan uchta o‘yinning barchasida mag‘lubiyat alamini tortishga majbur bo‘lgan “qaldirg‘ochlar” safarda “Zob Ahan” klubi mehmoni bo‘ladi.
Aynan shu o‘yin natijasi Sergey Lushchan shogirdlarining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolish yoki qolmasligini hal qiladi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida BAAning “Al Ayn” (5 ochko) klubi Saudiya Arabistonining “Al Ahli” (7) jamoasini sinovdan o‘tkazadi.
OChL-2017 4-tur
11.04.2017
“A” guruhi
15:30 “Lokomotiv” (Toshkent) – “Istiqlol” (Tehron, Eron)
- Andrey Miklyaev: Guruhda barchaning imkoniyatlari teng
- Alirizo Mansurian: “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda bor imkoniyatimizni ishga solamiz
22:05 “Al Taavon” (S.Arabistoni) – “Al Ahli” (BAA)
“V” guruhi
10.04.2017
“Lahviya” (Qatar) – “Istiqlol” (Xuziston, Eron) – 2:1
“Al Jazira” (BAA) – “Al Fateh” (S.Arabistoni) – 0:0
“S” guruhi
20:30 “Zob Ahan” (Eron) – “Bunyodkor” (Toshkent)
20:35 “Al Ayn” (BAA) – “Al Ahli” (S.Arabistoni)
“D” guruhi
10.04.2017
“Persopolis” (Eron) – “Al Rayyan” (Qatar) – 0 : 0
“Al Hilol” (S.Arabistoni) – “Al Vahda” (BAA) – 1 : 0
“F” guruhi
15:00 “Sidney Vanderers” (Avstraliya) – “Seul” (J.Koreya)
15:30 “Urava Reds” (Yaponiya) – “Shanxay SIPG” (Xitoy)
“N” guruhi
16:00 “Jeju Yunayted” (J.Koreya) – “Adelaida Yunayted” (Avstraliya)
16:35 “Jiansu Suning” (Xitoy) – “Gamba Osaka” (Yaponiya)
Turning qolgan guruhlardagi o‘yinlari ertaga o‘tkaziladi.
Fikrlar