OChL. Axmedov va uning jamoasi chorak finalga chiqdi

  • 31 may, 2017, 19:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Axmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” safarda “Jiangsu Suning”ga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Gollarga boy tarzda kechgan o‘yinda Andre Villash-Boash shogirdlari 3:2 hisobida g‘alaba qozondilar va chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘ldilar.

Hamyurtimiz esa o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi va maydonda 90 daqiqa to‘p surdi.

Eslatib o‘tamiz, ilk o‘yinda “Shanxay SIPG” “Jiangsu” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Osiyo Chempionlar ligasi. 1/8 final. Javob uchrashuvi

Jiangsu Sunin – Shanxay SIPG 2:3 (0:2, 2:1)

Gollar: 0:1 – 34 Elkeson, 0:2 – 43 Yan Xiaotian, 1:2 – 75 Hong Jeon Xu, 2:2 – 90+3 Vu Xi, 2:3 – 90+4 Xalk.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!