
Og‘ir atletika. Rebeka Koxa raqibalariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
Poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Biroz avval qizlar o‘rtasida vazni 58 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvi yakunlandi.
Raqibalaridan mahorat va tajriba bobida ustun bo‘lgan latviyailik Rebeka Koxa dast ko‘tarishda 99, siltab ko‘tarishda 120 kg natija bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Koxaga eng yaqin ta’qibchi bo‘lgan tunislik Nouxa Lanoulsi 21 kilogrammga ortda qolib ketdi. Chempionatning brona medali esa kanadalik Tali Darsigniga nasib etdi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan vakilamiz Sayyora Esbergenova ikkikurashda 161 kg natija qayd etdi.
Og‘ir atletika. JCh, Toshkent.
Ayollar, 58 kg:
1. Rebeka Koxa (Latviya) – 219 kg (99 kg + 120 kg)
2. Nouxa Landoulsi (Tunis) – 198 kg (90 + 108)
3. Tali Darsigli (Kanada) – 197 kg (88 + 109) . . .
11. Sayyora Esbergenova (O‘zbekiston) – 161 kg (74 + 87) . . .
Fikrlar