
Og‘ir atletika. Tursunoy Jabborova bronza medalini qo‘lga kiritdi
Poytaxtimizda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni ham terma jamoamiz vakillari uchun omadli o‘tmoqda. Biroz avval qizlar o‘rtasida 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsi yakunlandi.
Ushbu vazn toifasida qatnashgan vakilamiz Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishda 96, siltab ko‘tarishda 116 kilogramm natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi. Oltin medal yaqqol ustunlik bilan barcha raqiblarini ortda qoldirgan ekvadorlik Nesis Daxomesga nasib etdi. Daxomesning natijasi ikki kurash bo‘yicha 255 kilogrammni tashkil etdi. Kumush medal esa amerikalik Meredit Olvaynga tegishli bo‘ldi.
Og‘ir atletika. JCh, Toshkent.
Qizlar, 75 kg:
1. Nesis Daxomes (Ekvador) – 255 kg (115 kg + 140 kg)
2. Meredit Olvayn (AQSh) – 220 kg (99 + 121)
3. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 212 kg (96 + 116 kg) . . .
7. Gulnoza Ahmedova (O‘zbekiston) – 203 kg (93 + 110)
Fikrlar