
Oksana Chusovitina jahon chempionatiga yo‘l oldi
25 oktyabrdan 3 noyabrgacha Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Sayyoramizning eng kuchli sportchilari ishtirokida kechadigan bellashuvlarda terma jamamiz ham ishtirok etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu dunyo birinchiligida afsonaviy sportchimiz Oksana Chusovitina yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ayollar o‘rtasida tayanib sakrash bo‘yicha kechadigan saralash bahslari 27-28 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tsa, final musobaqasi 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Chusovitina ayni paytda so‘nggi tayyorgarlik mashqlarini olib bormoqda. Bo‘lajak musobaqada yurtdoshimizga omad tilaymiz!
Fikrlar