«Old Trafford»dagi «kambek»: bu nimani anglatadi?
«Nyukasl» Kenedi va Yoshinori Mutoning gollari evaziga hisobdan oldinga chiqib olishgan edi. Biroq ikkinchi bo‘limda «qizil iblislar» nihoyat uyg‘onishdi va birin-ketin gollar urishdi.
O‘yin tugashiga 20 daqiqa qolganida Xuan Mata hisobni qisqartirdi. Antoni Marsyal muvozanatni yo‘qqa chiqargan bo‘lsa, 90 daqiqa o‘tib borayotganida Aleksis Sanches 19-sentyabrdan beri birinchi marta jamoasining ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishga yordam bergan golni urdi.
Xo‘sh, kechagi o‘yinda yana qanday xulosalarni chiqarishimiz mumkin? Quyida shu haqida so‘z yuritamiz.
- «o‘zgacha» hali tirik
Mourinoni muddatidan oldini «ko‘mib tashlashdi.» Birinchi bo‘limdan keyin ikki to‘p farqi bilan yutqazayotgan MYu navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oladi, deganlar ko‘p bo‘ldi.
Ikki gol o‘tkazib yuborilishi himoyada etarlicha muammolar borligini ko‘rsatardi. Shuningdek, 19-daqiqadayoq Erik Bayi jarohat olib maydonni tark etdi va uning o‘rniga Xuan Mata tushirildi. Yarim himoyachi Skott Maktomini himoyaga o‘tkazildi.
Birinchi bo‘limdan keyin Maruan Fellayni Nemanya Matich bilan himoyachilarga yordamga o‘tdi. Hatto Pol Pogba ham vaqti-vaqti bilan himoyachilarga yordamga kelib turdi.
Barcha Mourinoning 2016-yil oktyabrida Pogbaning himoyadagi iste’dodi haqida aytgan gaplarini eslagan bo‘lsa ajabmas. «U top futbolchi va o‘ylaymanki undan ajoyib markaziy himoyachi chiqadi» – degandi Mourino o‘shanda.
- Yang qaridi, shekilli
«Qizil iblislar»ning erta gol o‘tkazib yuborishida qisman Eshli Yangning aybi bor. Kenedining hisobni ochishida angliyalik futbolchi uni o‘tkazib yubordi. Natijada David De Xea jamoasini goldan qutqarib qololmadi.
Ikkinchi golda ham u bu safar Mutoni qo‘riqlay olmadi. U jarima maydonchasiga yorib kirayotgan raqib hujumchisini to‘xtatib qolishning uddasidan chiqolmadi.
Yang birinchi bo‘limni juda yomon o‘tkazdi. U sal qolsa o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘li bilan o‘ynagani uchun penaltiga sababchi bo‘lib qolardi. Ammo referi uni jazolamadi. Yang asosiy tarkibda Diogo Dalo maydonga tushishiga yo‘l ochib bergandek. Mourino yoki MYuning yangi murabbiyi o‘ng qanot himoyasidagi ishlarni qayta o‘ylab chiqishi kerakka o‘xshaydi.
- Yoshinori Muto o‘zini ko‘rsatdi
Premer Ligada etti o‘yindan beri g‘alaba qozona olmay kelayotgan «Nyukasl» gol urib olgach himoyaga yotib olsa ham bo‘lardi. Ammo Rafa Benites raqibiga qarshi jangovar o‘yin ko‘rsatishni niyat qildi.
Yoshinori Muto mavsum boshidan beri zaxiradan o‘yinga qo‘shilib o‘zini ko‘rsatgach, ilk daqiqalardan maydonga tushish bahtiga musharraf bo‘ldi.
O‘yindan oldin «qarg‘alar» muxlislari nihoyat yapon hujumchisini asosiy tarkibda ko‘rayotganliklaridan xursand ekanliklarini bildirishdi. U esa nega bunday ekanligini uzoq kuttirmadi.
U jamoasini birinchi bo‘limda ikki gol farqi bilan oldinga chiqib olishiga yordam berdi.
- Matichda haliyam muammolar bor
Nemanya Matich o‘ynashga qiziqmasa, demak unda muammolar borligini anglatadi. Serbiyalik futbolchi Mourino bilan bundan avval «Chelsi»da ham birgalikda faoliyat olib borgandi. 2015-16-yilgi mavsumda u murabbiy iste’foga chiqarilgan vaqtda jamoa bilan 16-o‘ringa ham tushib ketgandi.
Mourinoning MYudagi uchinchi mavsumida Matich murabbiy va uning taktikalariga ishonmasdan o‘ynayotgandek ko‘rinmoqda.
O‘tkazib yuborilgan birinchi golda Matich yarim himoyada ozroq mehnat qilganida buning oldi olingan bo‘lardi.
Ikkinchi bo‘limda Matich jamoasining birinchi goliga mualliflik qilish imkoniyatini ko‘kka sovurdi. Serbiyalik yarim himoyachi xavfli vaziyatni ancha yuqoriga yo‘lladi.
- Benites mag‘lubiyatda o‘zini ayblashi shart
Dastlabki 45 daqiqada «Nyukasl» ajoyib o‘ynadi. Birinchi bo‘limni g‘olib sifatida yakunlashga haqli o‘yin namoyish qildi.
Biroq mavsumdagi dastlabki g‘alabaga yana bir taym qolganida MYuga qarshi himoyaga o‘tirib olishni ma’qul topdi. Yakunda «qarg‘alar» buning badalini to‘ladi.
Kenedini «Manchester Yunayted» birinchi golini urishidan oldin zaxiraga olishiga jarohat sabab bo‘lgan bo‘lsa, Mutoni o‘yindan olishda adashdi. Uning o‘rniga Kristian Atsu maydonga tushirildi. Bu jamoasiga foyda bermadi.
Bundan tashqari klub muxlislari Benitesga qarshi qo‘shiq kuylashda davom etdi. Bu hatto ehtimoliy uch ochkoga erishishi mumkin bo‘lgan vaqtda ham davom ettirildi.
Navbatdagi mag‘lubiyat tufayli «Nyukasl» Premer Ligada 19-o‘ringa tushib qoldi. Sakkizinchi turdan keyin «qarg‘alar» atigi 2 ochko jamg‘arishgan, xolos.
Fikrlar