Oleynik UFC bilan yangi shartnoma imzoladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Og‘ir vaznli aralash yakkakurashlar jangchisi Aleksey Oleynik UFC bilan yangi shartnoma imzoladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma bo‘yicha jangchi promoushen tarkibida yana 8 bahs o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

- Keyingi raqibim kim bo‘lishidan xabarim yo‘q, biroq UFC bilan yangi shartnoma imzoladik. Umid qilamanki, yaqin orada oktagonda ko‘rishamiz, - deb yozib qoldirdi Oleynik o‘zining instagramdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey promoushen tarkibida 2014 yildan buyon ishtirok etadi, shu davr mobaynida u 6ta bahsda g‘alaba qozongan va 2 marta imkoniyatni boy bergan.

Oleynik ohirgi marta Rossiyada bo‘lib o‘tgan UFC turnirida Mark Xantni mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!