
Olim Nazarov ochkolar bo‘yicha gruziyalik bokschini mag‘lub etdi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan professional janglarda 8 nafar bokschimiz Rossiya, Tanzaniya, Indoneziya, Gruziyadan kelgan charm qo‘lqop ustalari bilan kuch sinashmoqda.
Kechaning 5-jangida hamyurtimiz Olim Nazarov (53,5 kg) professional ringdagi 26-bellashuvini gruziyalik Xvicha Gigolashvili (18-26-0, KO6)ga qarshi o‘tkazdi.
10 raund qilib belgilangan jangni bokschilar zarbalar almashuvi bilan boshlashdi.
Jang o‘rtalariga qadar bokschimiz katta ustunlikka ega bo‘ldi, ammo gruziyalik bokschi ham bo‘sh kelmadi.
Yakunda g‘olib nomi hakamlar tomonidan aniqlandi va Olim Nazarov g‘alaba qozondi.
Olim Nazarov bunga qadar 25 jangda 20 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, kechaning asosiy jangida Aziz Abdug‘ofurov (10-0-0, KO4) rossiyalik Dmitriy Chudinov (21-2-2, KO13 -Rossiya) bilan kuch sinashadi.
Fikrlar