
Olimpiada - 2024 mezbonligi uchun da’vogar shaharlar uchligi e’lon qilindi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2024 yilda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun da’vogarlik qilayotgan shaharlarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qildi.
So‘nggi xabarlarga qaraganda, 2024 yilda o‘tkaziladigan Olimpiadani qabul qilish uchun da’vogar shaharlar saralash bosqichida so‘nggi uchlikdan Los-Anjeles, Parij va Budapesht shaharlari o‘rin egalladi.
Qayd etish joiz, 2024 yilda to‘rt yillikning nufuzli musobaqasiga qaysi shahar mezbonlik qilishi 2017 yil 13 sentyabr kuni Peru poytaxti Lima shahrida e’lon qilinadi.
Fikrlar