Olimpiya terma jamoasi bugun turk klubi bilan o‘ynaydi

  • 27 fevral, 2019, 10:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazib, kecha yig‘inni davom ettirish maqsadida Turkiyaga etib borgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Bugun Olimpiya terma jamoasi a’zolari Turkiyada nazorat o‘yini o‘tkazishadi. Futbolchilarimiz "Istambul Bashakshehir" klubining U-23 jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Turkiyadagi yig‘in 3 mart kunigacha davom etishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yil Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Saralash bahslari shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o‘tkazilib, terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!