Oskar Tabares Urugvay terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi
Futbol bo‘yicha Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares faoliyatini shu jamoada davom ettiradi.
Urugvay Futbol Federatsiyasi rasmiy veb-saytining xabar berishicha, 71 yoshli mutaxassisning yangi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Tabares 2006 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelmoqda. Oskar boshchiligidagi terma jamoa 2011 yilda Amerika Kubogini qo‘lga kiritgan. Ushbu davr mobaynida Urugvay uchta Jahon chempionatiga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar