O‘zbek bokschilari "Qirol kubogi"da raqiblarini "er tishlatmoqda"

  • 4 aprel, 2017, 20:39
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Tailand poytaxti Bangkok shahrida yuqori nufuzli musobaqa - boks bo‘yicha "Qirol kubogi-2017" xalqaro turnirida yigirma yaqin davlatdan kelgan eng kuchli bokschilar sovrinli o‘rinlar uchun kurashni boshladi.

Tecno
 

Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi a’zolari - Olimpiya chempionlari Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Shahram G‘iyosov, Olimpiada sovrindori Murodjon Ahmadaliev, o‘z vazn toifasida etakchi bokschilar - Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Jasur Latipov himoya qilmoqda.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, jahon chempionatlari sovrindori Jasur Latipov birinchi uchrashuvda nepallik Prem Chaudxarini katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Iste’dodli bokschimiz Shahram G‘iyosov esa mo‘g‘ulistonlik Byamba Tushinbatga qarshi ringga chiqib, raqibidan har tomonlama ustunligini isbotladi.

Kuni kecha "Uzbek Tigers" jamoasi safidagi g‘alabasi bilan o‘zbek boks muxlislarini xursand qilgan Isroil Madrimov tailandlik bokschi Yutxapong Skadon ustidan zafar quchdi.

Musobaqada ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Murodjon Ahmadaliev va Elnur Abduraimov bellashuvlarga ikkinchi bosqichdan qo‘shiladi.

Musobaqaga oid eng so‘nggi xabar va yangiliklarni SPORTS.uz axborot portali orqali kuzatib boring!

 

 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!