O‘zbek sportchilari Evropaning eng kuchli yakkakurash ustalari bilan jang qiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston, Rossiya va Moldovaning eng kuchli professional sportchilari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashadi.

Shu yilning 11 mart kuni Navoiy shahrida qo‘l jangi bo‘yicha Professional liga M2 FIGHT xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada raqobatlashadigan sportchilar bilan tanishing:

65 kilogramm:

Jamshid Begmatov (Navoiy) – uch karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi

Renat Bulikin (Rossiya) - Rossiya chempioni, jahon chempionati sovrindori

75 kilogramm:

Jahongir Jumaev (Buxoro)- ikki karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi

Maksim Efremenko (Rossiya)- Rossiya chempioni, Evropa chempionati sovrindori

80 kilgramm:

Odil Sirojiddinov (Toshkent) - besh karra O‘zbekiston chempioni, ikki karra jahon chempioni

Nurmagamed Beslaneev (Rossiya)- Rossiya, Evropa va ikki karra jahon chempioni

85 kilogramm:

Begzod Nurmatov (Toshkent)- uch karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi

Denis Tomuz (Moldova) - Moldova chempioni, Evropa chempionati sovrindori

+90 kilogramm:

Ilyos Raimov (Tokent viloyati) - ikki karra O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi

Aleksandr Lyax (Moldova) – Moldova chempioni, Evropa chempionati sovrindori

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!