O‘zbek tennischisi tezkor g‘alabaga erishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Eronda tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan "2nd Fajr Junior Tournament -2017" xalqaro turnirida asosiy to‘rga chiqish uchun kurashayotgan hamyurtimiz Ibrohim Fayzullaev saralash musobaqasini muvaffaqiyatli boshladi.

 

Iste’dodli yosh tennischimiz dastlabki uchrashuvda mezbonlar vakili Arman Mazinaniy bilan raqobatlashdi. Faoliyatidagi ilk xalqaro bellashuvni munosib boshlagan hamyurtimiz 6:0, 6:0 hisobida tezkor g‘alabaga erishdi. Ibrohim asosiy to‘rga chiqishi uchun yana bir davradan o‘tishi kerak.

Ushbu musobaqaning asosiy to‘rida Odil Karimov va Iskandar Karimov kabi xalqaro tajribaga ega tennischilarimiz ham ishtirok etadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!