O‘zbek yigiti Pakyao yurtida ringga chiqadi
29 yanvar kuni professional boks yulduzi Menni Pakyaoning yurti Filippinda katta boks kechasi tashkil etiladi. Musobaqa dasturiga kiritilgan o‘nta uchrashuvdan birida o‘zbekistonlik Davron Quronboev professional ringdagi debyut jangini o‘tkazadi.
- Ilk uchrashuvimga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdim, - deydi Davron Quronboev SPORTS.uz axborot portaliga. - Nasib qilsa faoliyatimni g‘alaba bilan boshlayman.
Yarim og‘ir vaznda o‘tkaziladigan jangda hamyurtimizga filippinlik Arbin Eskaya raqiblik qiladi. Bu bokschi professional bokschilik faoliyatini 2013 yilning oxirida boshlagan va ettita uchrashuv o‘tkazgan.

Bo‘lajak jangda Davron Quronboevga muvaffaqiyat tilaymiz!
PS. Jang natijasini SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring.

Fikrlar