O‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti etib saylandi

  • 03.11.2018 16:27
  • 0
  • Boks

Bugun Rossiya poytaxti Moskva shahrida AIBA (xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi) prezidentlik saylovining ikkinchi kungi kongressi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kongressga yig‘ilgan saylov konferentsiyasidagi delegatlarning katta qismi G‘ofur Rahimovga ovoz berishdi va shu tariqa, o‘zbekistonlik AIBA prezidenti etib saylandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur saylovda ikkita nomzod – o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov hamda qozog‘istonlik Serik Konakbaev AIBA rahbarligi uchun kurash olib bordi.

> Kongressdan fotoreportaj

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!