O‘zbekistonlik dzyudochilar Ekaterinburgdagi "Katta Dubulg‘a" musobaqasida tatamiga chiqadilar
17-18 mart kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida dzyudo bo‘yicha nufuzli "Katta Dubulg‘a" musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu turnirda O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadilar. Bahslarda yurtimiz sharafini G‘iyos Boboev (-73kg), Davlat Bobonov (-81kg) hamda Ixtiyor Xolmurodov (+100kg) lar himoya qiladi. Sportchilarimiz turnirda murabbiy Server Muradasilov qo‘l ostida qatnashadilar.
Turnirda 30dan ortiq mamlakatdan 260ga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Fikrlar