O‘zbekistonlik jangchi 24 soniyada raqibini mag‘lub qildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan aralash yakkakurash jang san’atlari turnirida bir nafar o‘zbekistonlik sportchi ham qatnashdi.
Kulatuu ertaymash (milliy janglar butunjahon federatsiyasi – SPORTS.uz) bo‘yicha 66-xalqaro WEF-66 SELECTION-19 turnirida Maksim Qo‘ldoshevga rossiyalik tajribali Vasiliy Efimov raqiblik qildi. Bu sportchi bu to‘qnashuvga qadar 5 ta professional jang o‘tkazib, 3 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan edi.
Mazkur jangning ilk raunddida tashabbusni o‘z qo‘liga olgan Qo‘ldoshev 24 soniyada raqibini bo‘g‘uvchi usul bilan taslim qilib, g‘alaba qozondi.
Fikrlar