O‘zil APLning navbatdagi turida ham "Arsenal"ga yordam berolmaydi

  • 06.12.2018 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil hamon jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgani yo‘q. Bu haqda London Evening Standard nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra germaniyalik futbolchi APLning 16-turida “Xaddersfild”ga qarshi kechadigan o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi mumkin. Uning belidagi og‘rig‘i haliyam bezovta qilmoqda. Hozir u yakka tartibda shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" - "Xaddersfild" uchrashuvi 8 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!