PSJ futbolchisining "Valensiya"ga qanchaga o‘tgani ma’lum bo‘ldi

  • 12 sentabr, 2018, 20:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Valensiya" klubi PSJdan portugaliyalik yarim himoyachi Gonsalu Gedeshni 40 million evroga sotib olgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda “ko‘rshapalaklar” frantsuz klubiga ushbu mablag‘ni 6 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga kelishishgan. Bundan tashqari PSJ Gedesh agar boshqa klubga transfer qilinsa, ushbu daromaddan ham ulush oladi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Gedesh o‘tgan mavsumni "Valensiya"da ijara asosida o‘tkazgan va jami 40ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!