
Peres Marseloni "Yuventus"ga sotishni istamadi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo yana mana shu jamoada to‘p surishda davom etishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 30 yoshli braziliyalik futbolchining transfreri bo‘ycha “Yuventus”dan bo‘lgan taklifni rad etgan. Gap shundaki, madridliklar prezidenti Florentino Peres Marseloni dunyoning eng kuchli o‘ng qanot himoyachisi deb hisoblaydi va shu bois uni sotishni istamagan.
Ma’lumotlarga qaraganda “Real” tez orada Marseloga 2020 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qiladi.
Eslatib o‘tamiz, u joriy mavsum jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar