
Peres Ronalduning o‘rniga faqat 2ta nomzodni ko‘rmoqda
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishi kutilayotgan Krishtianu Ronalduning o‘rniga faqatgina 2ta nomzodni ko‘rib chiqmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchi “qirollik klubi”ni tark etgan taqdirda, Peres jamoaga PSJning ikki hujumchisi – Neymar yoki Kilian Mbappelardan birini jalb etadi. Boisi, “Real” rahbariyati ayni damda transfer bozorida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita oladigan boshqa futbolchini ko‘rmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduga Turinning “Yuventus” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar