Petra Kvitova chorak finalga yo‘l oldi

Chexiyalik tennischi Petra Kvitova Sankt-Peterburgda o‘tayotgan turnirning chorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Petra mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida belaruslik Viktori Azarenkoni 6:2, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi "St.Petersburg Ladies Trophy" turnirining chorak finalida Kvitova rossiyalik Veronika Kudermetova, yoki xorvatiyalik Donn Vekichga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!