Petra Kvitovaga pichoq bilan tashlangan Radim Zondr ishi hamon sudda ko‘rib chiqilmoqda

  • 5 fevral, 2019, 23:34
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Chexiyalik Petra Kvitovaga 2016 yili o‘zining xonadonida unga pichoq bilan tashlangan 33-yoshli Radim Zondr ishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Sud Brno shahrida bugun, 5 fevral kuni o‘tkazildi. Petra o‘zining ko‘rsatmalarini sud bo‘layotgan zalda emas, balki boshqa xonada berdi. Bunga sababi u ayblanuvchini ko‘rishni istamaganida bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Kvitova pichoqlanganidan so‘ngi chap qo‘lida uzoq vaqtli jarrohilik amaliyotini o‘tkazgan va yarim yil mobaynida kortga chiqa olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!