Pike joriy mavsum hozircha La Ligada hammadan ko‘p o‘ynadi

  • 15.02.2019 14:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike joriy mavsum La Liganing barcha uchrashuvlarida ishtirok etdi.

La Liga rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli futbolchi joriy mavsum chempionatning ortda qolgan barcha 23ta o‘yinida to‘liq (2070 daqiqa) harakat qilgan yagona futbolchiga aylandi.

Bu borada Pikening eng yaqin ta’qibchisi “Ueska” himoyachisi Xorxe Miramon hisoblanadi. 29 yoshli futbolchi hozircha 2035 daqiqa maydonda harakat qildi.

Ma’lumot uchun, Pike o‘tgan 23ta o‘yinda o‘z hisobiga 5ta gol g‘amda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!